Янгиликлар
Бугун 04.07.2022 йил куни Халқ депутатлари Боғот тумани Кенгашининг навбатдаги 73- сессияси бўлиб ўтди.
Бугун 04.07.2022 йил куни Халқ депутатлари Боғот тумани Кенгашининг навбатдаги 73- сессияси бўлиб ўтди.
Август 05, 2022
#Ҳоким_қабули
#Боғот
#Жараён
#Ҳоким_қабули
Айни дамда туман ҳокими Шавкат Яхшибаевнинг навбатдаги фуқаролар қабули бўлиб ўтмоқда.
Қабулда туман ҳокими ўринбосарлари, тегишли ташкилот раҳбарлари ва маъсуллар иштирок этиб, фуқароларнинг мурожаатларини тингламоқда.
Ўтказилаётан қабулда фуқаролар ўзларини қийнаётган масалалар бўйича мурожаат қилдилар.
Мурожаатлар тегишли тартибда тегишли мутасадди раҳбарларга ва ҳоким ўринбосарларига йўналтирилиб, ечими топилган мурожаатлар жойида ҳал этилмоқда.
Боғот тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати.
Август 04, 2022
#ФОТОРЕПОРТАЖ
#ФОТОРЕПОРТАЖ
#БОҒОТ
Айни дамда Ўзбекистон фермер ва деҳқон хўжалиги ер эгалари Кенгаши раиси Актам Ҳаитов Боғот туманида амалга оширилаётган ислоҳотлар билан танишмоқда. Туманнинг энг чекка ҳудуди саналгаг «Гулшан» маҳалласидаги «PERFEKT LOGISTIC» МЧЖда қовун, сабзи, олма, ўрик, узум, турли хил қовоқлар ва барча турдаги мева -сабзавотларни қуритиш жараёнини, лаванда гулидан эфир мойи олиш жараёнини кўриб, тадбиркорнинг ишларидан мамнун бўлдилар.
Актам Ҳаитов билан Боғотлик тадбиркорлар экспортбоп булғор қалампири етиштирилаётган иссиқхонада саволларига энг зарур жавоблар олдилар, тадбиркорлар ва фермерлар билан учрашув жараёни ўзига хос файзли ўтказилди.
@bogottumanihokimligikanali
Август 04, 2022
Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilarning asosiy vazifalari nimalardan iborat ?
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida belgilangan hududdagi har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish nazarda tutilgan bo‘lib, uchastkalarga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman (shahar) Ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.
Maxsus o‘qitilgan uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar (registratorlar) o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo‘yadi va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.
Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olinadi va shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Август 03, 2022
Талончилик жинояти ва бу тоифа жиноятлар учун жавобгарлик чоралари ҳақида
Талончилик жинояти ва бу тоифа жиноятлар учун жавобгарлик чоралари ҳақида
Июль 27, 2022
Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам ва азиз Президентимиз!
Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам ва азиз Президентимиз!
Июль 24, 2022
#JARAYON VILOYAT HOKIMINING ISHCHI GURUHI «AYOLLAR DAFTARI» GA KIRITILGAN AYOLLARGA YORDAM BERISH UCHUN BOG‘OTDA O‘RGANISH BOSHLADI
#JARAYON VILOYAT HOKIMINING ISHCHI GURUHI «AYOLLAR DAFTARI» GA KIRITILGAN AYOLLARGA YORDAM BERISH UCHUN BOG‘OTDA O‘RGANISH BOSHLADI
Июль 24, 2022
Aholi bandligi masalasiga ro‘yxatga olish dasturida alohida e’tibor qaratilgan
Ko‘pchilik insonlar aholini ro‘yxatga olish amaliyotini statistik ma’lumotlar to‘plash tadbirlarining bir ko‘rinishi, deb tushunadi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ro‘yxatga olish dasturining aholi bandligi bo‘yicha savollaridagi ma’lumotlar orqali respublikamizdagi umumiy holatdagi ish bilan ta’minlanganlik darajasiga aniqlik kiritiladi.
Bunda rasmiy ishsizlar, o‘z-o‘zini band qilganlar, qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lgan ishlovchilar va hokazolar haqidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi. Ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi.
Yosh haqidagi ma’lumotlar nafaqadagi fuqarolar soni, nafaqa yoshida ishlab yurganlar soni, pensiyaga chiqadiganlar soni ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi.
Июль 18, 2022
#ТИББИЁТДАГИ_ИСЛОҲОТЛАР #ИНСОН_ҚАДРИ_УЧУНБОҒОТДА ЧУҚУРЛАШТИРИЛГАН ТИББИЙ КЎРИК
#ТИББИЁТДАГИ_ИСЛОҲОТЛАР #ИНСОН_ҚАДРИ_УЧУНБОҒОТДА ЧУҚУРЛАШТИРИЛГАН ТИББИЙ КЎРИК
Июль 15, 2022
Tumanda 2023 yil hosilidan urug‘lik g‘alla etishtirish xuquqiga ega bo‘lish uchun 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha tender tanlovi o‘tkaziladi.
Tumanda 2023 yil hosilidan urug‘lik g‘alla etishtirish xuquqiga ega bo‘lish uchun 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha tender tanlovi o‘tkaziladi.
Июль 15, 2022
Ҳурматли фуқаролар! "ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ " ЖАРАЁНИДА ФАОЛ ИШТИРОК ЭТИНГ!!!
Ҳурматли фуқаролар! "ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ " ЖАРАЁНИДА ФАОЛ ИШТИРОК ЭТИНГ!!!
Июль 14, 2022