Янгиликлар
Халқ билан мулоқот - виждон иши!
Халқ билан мулоқот - виждон иши!
Бугун Боғот тумани ҳокимлиги биносида навбатдаги ҳоким қабули ўтказилди. Унда туман ҳокими Шавкат Яхшибаев томонидан жисмоний ва юридик шахслар вакилларининг мурожаатлари тингланди ва мурожаатларга ечим топиш чоралари кўрилди.
Боғот тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Июнь 30, 2022
«ЯНГИЛАНАЁТГАН КОНСТИТУЦИЯДА ЭКОЛОГИК КАФОЛАТЛАР ИФОДАСИ!»
«ЯНГИЛАНАЁТГАН КОНСТИТУЦИЯДА ЭКОЛОГИК КАФОЛАТЛАР ИФОДАСИ!»
Июнь 30, 2022
Nega aholini har 10 yilda bir marotaba ro‘yxatga olish tavsiya etiladi ?
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba o‘z aholisini ro‘yxatga olishga da’vat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Xo‘sh, nega aynan 10 yil ?
Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, shu muddat ichida jamiyatda salmoqli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Avvalgi ro‘yxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, so‘rovnomalar mazmuniga tuzatishlar, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash usullariga, zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.
2015- yilda BMTning “2020- yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyusiyasi qabul qilinib, 2020- yil raundiga start berilgan edi.
Bu raund 2015- yildan 2025- yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston ham o‘z aholisini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni rejalashtirgan davlatlar qatoridan joy oldi va dunyo xalqlari bo‘yicha 228- bo‘lib BMT tomonidan ro‘yxatga olindi.
Mamlakatimizda 1989- yildan keyin hali biror marta ham aholini ro‘yxatga olish ishlari bajarilmagani e’tiborga olinsa, aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlar aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkoniyat yo‘qligi oydinlashadi.
Июнь 28, 2022
МАМЛАКАТИМИЗДА КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР ЖАРАЁНИ ҚИЗҒИН ПАЛЛАГА КИРДИ
МАМЛАКАТИМИЗДА КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР ЖАРАЁНИ ҚИЗҒИН ПАЛЛАГА КИРДИ
Июнь 28, 2022
#ЧЕМПИОН_УЧҚУНБЕК_БИЛАН #МАСТЕР_КЛАСС
#ЧЕМПИОН_УЧҚУНБЕК_БИЛАН#МАСТЕР_КЛАССБОҒОТ ТУМАНИДА ЧЕМПИОН БИЛАН 49- СОН МАКТАБДА МАСТЕР КЛАСС...
Июнь 18, 2022
Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish necha xil usulda oʻtkazilishi belgilanganligini bilasizmi
Roʻyxatga olish ishlari ikki xil usulda —qogʻoz shakli hamda internet tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Birinchi usulda roʻyxatga oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, soʻrov oʻtkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiradi. Bunda roʻyxatga olish ishlari besh xil shakldagi soʻrovnomalar :
- turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar roʻyxati,
- shaxsga oid savolnoma,
- Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma,
- aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha savolnoma,
vaqtincha turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi berish asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi. Bunda soʻrovnomalar aholining oʻzi tomonidan maxsus dastur orqali toʻldirilib, belgilangan elektron manzilga joʻnatiladi.
Июнь 16, 2022
#БОҒОТ#БИТИРУВЧИ_2022ОЛТИН ВА КУМУШ МЕДАЛЛАР ЎЗ СОҲИБЛАРИГА ТОПШИРИЛДИ
#БОҒОТ#БИТИРУВЧИ_2022ОЛТИН ВА КУМУШ МЕДАЛЛАР ЎЗ СОҲИБЛАРИГА ТОПШИРИЛДИ
Июнь 16, 2022
#ХУШХАБАР#ТАЪЛИМДАГИ_ИСЛОҲОТЛАР_САМАРАСИ#ҲОКИМ_ВА_МАКТАБ
#ХУШХАБАР#ТАЪЛИМДАГИ_ИСЛОҲОТЛАР_САМАРАСИ#ҲОКИМ_ВА_МАКТАБ
Июнь 16, 2022
2022 ЙИЛ - ҲОКИМЛАРНИНГ МАКТАБЛАРГА ЭЪТИБОРИ ЙИЛИ«Беш ташаббус беш имконият»
2022 ЙИЛ - ҲОКИМЛАРНИНГ МАКТАБЛАРГА ЭЪТИБОРИ ЙИЛИ«Беш ташаббус беш имконият»
Июнь 16, 2022
BOG‘OTDA TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
BOG‘OTDA TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Июнь 14, 2022
12 июнь - Хоразмнинг асл фарзанди Шакаржон Юсуповна Хўжаниёзова таваллуд топган кун...
12 июнь - Хоразмнинг асл фарзанди Шакаржон Юсуповна Хўжаниёзова таваллуд топган кун...
Июнь 12, 2022
Қийноққа солишдан жабрланганларга етказилган зарарни қоплаш тартиби ҳақида
Қийноққа солишдан жабрланганларга етказилган зарарни қоплаш тартиби ҳақида
Июнь 07, 2022
Kimlar ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etadi ?
2023- yilda butun respublikamizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga bugungi kunda qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.
Ushbu tadbir uchun vakolatli davlat organi etib belgilangan Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ma’lum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda mahallalar kesimida kartografik chizmalarni o‘rganish va aniqlashtirish ishlari bilan bir qatorda shahar va tumanlar kesimida ro‘yxatga olish, instruktorlik, hisob va statsionar uchastkalari ishini tashkil qilish muhim masala sanaladi. 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari uchun ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlash masalasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda, xususan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “2023- yilda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar turli yoshda va har xil kasb egalari bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Shunga qaramay, tadbirga, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar jalb etilishi maqsadga muvofiq. Boisi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, respondentga ishning maqsadini to‘g‘ri yetkaza olish va shu orqali olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga, ularning maxfiyligini ta’minlash va mazmunini oshkor qilinmasligiga aynan ro‘yxatga oluvchi xodimlar bevosita mas’ul sanaladilar.
Июнь 02, 2022
Ёшлар ўртасидаги жиноятчиликни олдини олиш барчамизнинг масъулиятимиздадир.
Ёшлар ўртасидаги жиноятчиликни олдини олиш барчамизнинг масъулиятимиздадир.
Май 25, 2022
Kimlar ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etadi ?
2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari uchun ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlash masalasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar turli yoshda va har xil kasb egalari bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Shunga qaramay, tadbirga, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar jalb etilishi maqsadga muvofiq. Boisi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, respondentga ishning maqsadini to‘g‘ri yetkaza olish va shu orqali olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga, ularning maxfiyligini ta’minlash va ularning mazmunini oshkor qilinmasligiga aynan ro‘yxatga oluvchi xodimlar bevosita mas’ul sanaladilar.
Respondentlar tomonidan yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamaslik yoki savollarga javob berishni rad etganlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda ro‘yxatga oluvchi hodimdan ma’lum darajadagi psihologik ko‘nikma va tajriba talab etiladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali ushbu shaxslarga doir ma’lumotlar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb qilingan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Май 18, 2022
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИ БОГОТ ТУМАН ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИ ХУШНУД ЖУМАНИЁЗОВНИНГ ҲИСОБОТИ ВА ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ
Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев жорий йилнинг 16-март куни Давлат солиқ қўмитасига ташрифи давомида соҳани такомиллаштириш, хусусан солиқ тизимини рақамлаштириш, солиқ тўловчиларга хизмат кўрсатиш сифати ва кўламини ошириш, шунингдек, “Солиқчи - кўмакчи” тамойили асосида тадбиркорлар билан бевосита мулоқотга киришиб, уларнинг муаммоларини ўрганиш ва солиқ қонунчилигидаги ўзгаришларни тушунтириш юзасидан бир қатор топшириқлар берганди.
Май 10, 2022
Bogʻot tumanidagi aholi punktlarining tarkibiy qisimlariga nom berish va qayta nomlash togʻrisida.
“Mahalliy davlat hokimiyati togʻrisida”gi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi, “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga asosan, tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mahallalar, shoh koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar)ga (keyingi oʼrinlarda matnlarda “Geografik obyektlar” deb yuritiladi) nom berish va qayta nomlash maqsadida xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi
Май 03, 2022